
Morata "Real"ni tark etmoqchi, biroq "MYu" uning uchun 80 mln evrodan ortiq to‘lamoqchi emas
Bugun Madridning “Real” klubi hujumchisi Alvaro Morata shaxsiy agenti Xuanma Lopes bilan birga muzokaralar o‘tkazish uchun “Real” vakillari bilan uchrashishdi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Agent “Manchester Yunayted”ning Ispaniya terma jamoasi hujumchisi borasida yuborgan taklifini “qirollik klubi” vakillariga taqdim etdi. Biroq, ikki Evropa grandlari bu borada o‘zaro murosaga kelisha olishmayapti. Aniqrog‘i, “Real” futbolchisi uchun 80 mln evrodan ko‘proq olishni istamoqda. O‘z navbatida mankuanliklar Morata uchun 80 milliondan ortiq bermoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “qirollik klubi” bosh murabbiyi Zinedin Zidan yangi mavsumda Morataga yanada ko‘proq imkoniyat berishi haqida aytib o‘tgan edi. Biroq, futbolchi jamoasini o‘zgartirish qarorida qat’iy turibdi.
Fikrlar