Mourino Grizmanndan voz kechdi
"Manchester Yunayted" rahbariyati "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann bilan yozda futbolchining Angliya chempionatiga ko‘chib o‘tishi va futbolchining shaxsiy shartnomasi bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Kutilmaganda "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino Antuan Grizmanni olish fikridan voz kechdi. Portugaliyalik mutaxassis frantsiyalik futbolchining "Manchester Yunayted" ko‘rsatayotgan o‘yin uslubiga mos kelmasligini ta’kidlamoqda.

Aslida esa "Manchester Yunayted"da Mourinoning Grizmanni olib kelishiga qarshi bo‘lgan kuchlar ta’sir o‘tkazayotgani haqida xabarlar bor.

Fikrlar