Mourino "Manchester Yunayted" futbolchilarini tarqatib yuboryapti

CHERY AUTO
 
 
Qishki transferlar vaqtida "Manchester Yunayted" yana bir tajribali futbolchisi Kris Smollingdan ayrilishi mumkin.
 
"Everton" klubi manchesterliklarning himoyachisini o‘z tarkibiga chorlamoqda. Bosh murabbiy Ronald Kuman bu himoyachiga jiddiy qiziqmoqda va klub tez kunlarda 27 yoshli himoyachi transferi bo‘yicha "Manchester Yunayted"ga taklif bildiriladi.
 
Aslida Joze Mourino "Manchester Yunayted"ga kelganida o‘nga yaqin futbolchi jamoada ortiqchaligini aytgan. Keyinchalik portugaliyalik jamoadan hech kim ketmasligini iddao qilgan bo‘lsa-da, amalda bir necha futbolchini boshqa jamoalarga transfer qilinishi tarafdori bo‘lib chiqmoqda.
 
Hozircha, Kris Smolingdan tashqari Morgan Shneyderlenga "Vest Bromvich Albion" og‘iz solmoqda. Qolaversa, Mourino Memfis Depayga "Manchester Yunayted"da o‘yin bermasligini aytdi. Matteo Darmian ham o‘ziga ma’qul jamoa qidirmoqda.
 
Qishki transferlar vaqtida Joze Mourino o‘ziga kerak bo‘lmagan futbolchilardan qutilishga harakat qilayotgan ko‘rinadi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!