Mourino: Men – murabbiyman, shifokor emas

  • 21 aprel, 2017, 03:49
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi “Anderlext”ga qarshi bahsdan(2:1) so‘ng o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“MYu” bugun tahminan 17 marotaba zarba yo‘lladi. Shulardan 10 ga yaqin zarba aniq chiqdi. Ammo o‘yin og‘ir o‘tdi. Statistikaga qaragan inson “MYu” o‘yinni nazorat qilib, etakchilik qilibdi deyishi mumkin. Biroq maydonda bunday bo‘lmadi. Yarim himoyachini tushirganimdan so‘nggina o‘yinni nazorat qila boshladik.

Men Reshfordga ishonaman va uni qo‘llab-quvvatlayman. Garchi, sentyabrdan buyon endi gol kiritishni uddalayotgan bo‘lsada. Men uchun uning samaradorligi u qadar muxim emas. U o‘zida o‘yinga chanqoqlikni sezmoqda va menda unga nisbatan hech qanday e’tirozim yo‘q.

Ibragimovich va Roxo biz uchun og‘ir yo‘qotish bo‘ldi. Ammo barchasi tibbiy xulosadan keyin ma’lum bo‘ladi. Bu to‘g‘risida bir nima deya olmayman. Chunki, men – murabbiyman, shifokor emas” – deb aytib o‘tdi portugaliyalik mutaxassis.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!