Muhammad: "Arsenal"da yangi "Anri" bo‘laman
Angliya premer-ligasining eng kuchli klublaridan bo‘lgan "Arsenal"ning iste’dodli yosh futbolchisi Muhammad Elnenni bu jamoada o‘zini ko‘rsatishga va’da berdi.
- Men mashhur to‘purar Terri Anri kabi "Arsenal"ning afsonasi bo‘lmoqchiman, - dedi Muhammad Elnenni. - Albatta, Anri bilan bir xil bo‘lolmayman. Lekin o‘z uslubiga ega afsonaviy futbolchi bo‘laman.

Misrlik bu futbolchi o‘tgan yili "Bazel" jamoasidan 5 million funt evaziga Londonga olib kelingandi. Joriy mavsumda Muhammad 11 ta o‘yinda qatnashdi.

Fikrlar