Murabbiysiz qolgan «Buxoro» klubi «Navbahor»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
“Navbahor” jamoasining Toshkentdagi yig‘ini davom etmoqda. Bugun futbolchilar ikki mahallik mashg‘ulotlarda qatnashishdi. Yanvar oyi boshida tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmagan va tarkibga kechroq qo‘shilgan futbolchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi.
Jamoa yig‘inida ishtirok etayotgan hujumchilardan biri Ilhom Aliboev Namanganga qaytib “Navbahor”ning yoshlari jamoasi safida "Hokim kubogi-2017" xalqaro musobaqasiga tayyorgarlik ko‘radi. Shuningdek, ko‘rikdan o‘tish uchun taklif etilgan Bobir Tillaboev (“Lokomotiv”) va Shuhrat Hamidov (“Xotira-79”) ushbu turnirda ishtirok etadi.
Asosiy tarkib vakillari Toshkentdagi navbatdagi nazorat uchrashuvini 26 yanvar kuni “Buxoro” jamoasiga qarshi o‘tkazishadi.


Fikrlar