
Murodjon Ahmadaliev navbatdagi jangda ham muddatidan avval g‘alaba qozondi
Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining chorak final janglariga bugun start berildi.
56 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Murodjon Ahmadaliev butanlik Nima Dorjiga qarshi jang bilan chorak final bahslarini boshlab berdi.
2016 yilgi Olimpiada sovrindori bo‘lmish Murodjon raqibiga umuman imkoniyat qoldirmagan holda, bahsni ikkinchi raunddayoq o‘z foydasiga hal etdi.
Qayd etilgan ushbu natija bokschimizga Germaniyada o‘tadigan boks bo‘yicha jahon chempionatiga to‘g‘ridan yo‘llanmani taqdim etdi.
SPORTS.uz Axborot Portali muxbirlari Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida qayd etilayotgan natijalarni tezkorlik bilan taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Sport Majmuasida ish olib borishmoqda.
SPORTS.uz Axborot Portalidan uzoqlashmang.
Fikrlar