Murodjon Ahmadalievga ertangi jang oldidan omad tilab qolamiz

  • 13 iyul, 2018, 11:24
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Murodjon esa professional ringdagi ilk jangini 10 mart kuni argentinalik David Michel Pazga (4-4-1) qarshi o‘tkazib, nokautga uchratgan bo‘lsa, 21 aprel kuni o‘tgan ikkinchi jangida yana bir argentinalik Karlos Suaresni (7-4-3) texnik nokautga uchratdi.

Tecno
Avval xabar berganimizdek, kuchli zarba va metin himoyaga ega bo‘lgan iste’dodli bokschimiz  Murodjon Ahmadaliev (2-0-0)professional boksdagi uchinchi jangini 14 iyul kuni o‘tkazadi.
 
Murodjon AQShning Kaliforniya shtatidagi “Hollywood” arenasida argentinalik Luis Fernando Molina (7-4-1)qarshi ringga ko‘tariladi.
 
Professional ringda shu vaqtga qadar 12 ta jang o‘tkazgan o‘ttiz yoshli Luis o‘zining so‘nggi jangini 2017 yilning dekabr oyida o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchragan.

Ertaga bo‘lib o‘tadigan jangda hamyurtimiz Murodjon Ahmadalievga omad tilab qolamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!