Nainggollan Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

  • 21 may, 2018, 21:10
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” klubi yarim himoyachisi Raja Nainggollan Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunalagini haqida rasman e’lon qildi.

- Yuragimda chuqur qayg‘u bilan xalqaro futbolda faoliyatimni yakunlashimni aytishim lozim. Men faqat terma jamoa uchun borimni berganman, baxtga qarshi ba’zi bir insonlar uchun bu etarli emas. Bugungi kundan boshlab men Belgiya terma jamoasining eng sara muxlisi bo‘lishni boshladim, - deya Raja Instagramdagi sahifasida yozib qoldirdi.

Ma’lumot uchun, 30 yoshli futbolchi Belgiya terma jamoasining JCh-2018ga boradigan yakuniy tarkibga kiritilmagani uchun faoliyatini yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!