"Nasaf"ning ilk nazorat uchrashuvi qoldirildi
Xabaringiz bor, Qarshining "Nasaf" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonining so‘ngi bosqichini Turkiyaning Antaliya shahrida olib bormoqda. Ushbu yig‘in doirasida "ajdarlar" 6 ta nazorat uchrashuvi o‘tkazishi rejalashtirilgan edi.

Antaliyadagi ilk uchrashuv bugunga belgilangan va unda Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari Kiprning "AEL" jamoasiga qarshi bahs olib borishlari kerak edi. Ammo noqulay ob-havo sabab ushbu uchrashuv qoldirilgan. Bu haqda kiprliklarga yaqin manbamiz xabar berib o‘tdi.

Endi "Nasaf" navbatdagi uchrashuvni Bokuning "Neftchi" jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu uchrashuv ertaga 11 yanvar kuni Antaliya shahridagi “Bellis Deluxe” mehmonxonasi maydonida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
- Akmal Shorahmedov Antaliyada "Nasaf" yig‘iniga qo‘shildi
- “Nasaf”ning nazorat uchrashuvlari haqida
- "Nasaf"ning Antaliyadagi yig‘inidan fotojamlanma




Fikrlar