Nega “Inter” Matiya Nastasichni sotib olish fikridan qaytdi?
“Inter” jamoasi rahbarlari “Shalke-04” himoyachisi Matiya Nastasichni sotib olish fikridan qaytdi, deb ma’lum qilmoqda Football Italia.
Milanliklar ma’lum muddat davomida Nastasichning agenti Fali Ramadi bilan muzokaralar o‘tkazdi. Biroq “Inter”ni 24 yoshli futbolchi uchun talab qilinayotgan 20 mln evro qoniqtirmadi. Milanliklar rahbariyati fikricha, serbiyalik futbolchi uchun so‘ralayotgan pul juda katta.
O‘tgan mavsumda Matiya Nastasich Bundesligada 22 uchrashuv o‘tkazdi, ammo birorta ham samarali natija ko‘rsatmadi.



Fikrlar