Nivaldo yana O‘zbekiston Superligasiga qaytishi mumkin

  • 13 iyul, 2018, 11:13
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, bundan bir necha kun avval “Lokomotiv” klubida to‘p surgan braziliyalik hujumchi Nivaldo Rodriges jamoani tark etdi. U Toshkentliklar safiga Belorussiyaning “Dinamo-Brest” jamoasidan qo‘shilgandi. Olti oylik hamkorlikdan keyin Nivaldo yana belorussiyaliklar safiga qaytib ketdi.

Braziliyalik hujumchi SPORTS.uz muhbiri bilan uyushtirilgan eksklyuziv suhbat davomida O‘zbekiston Superligasi unga yoqib qolgani va shartnomasi yakunlangach, yana ushbu chempionatga qaytish istagida ekanligini aytib o‘tdi.

"Hozircha bu borada aniq javob qaytarishim qiyin bo‘ladi. Nega deganda, “Dinamo” bilan tuzgan shartnomamning yana bir yili bor. Professional sifatida bitimni oxiriga etkazishim kerak bo‘ladi. Ehtimol, shartnoma nihoyasiga etganidan keyin O‘zbekistonga qaytib borarman. Chunki O‘zbekiston, Toshkent menga juda yoqib qoldi. Hammasini vaqt ko‘rsatadi”, - deydi Nivaldo.

Tajribali hujumchi bilan uyushtirilgan suhbatni tez orada saytimizda o‘qiysiz. Bizdan uzoqlashmang!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!