"Nyukasl" futbolchisi APLda Kalinichning antirekordini takrorladi

  • 18 avgust, 2018, 20:10
  • 0
  • Futbol

"Nyukasl" klubi vingeri Kenedi Angliya premer-ligasida kamdan-kam uchraydigan antirekordni o‘rnatdi.

Opta nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli braziliyalik futbolchi bugun “Kardiff”ga (0:0) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinning birinchi bo‘limida birorta ham pas bera olmagan.

Shu tariqa Kenedi 2010 yildan buyon APL uchrashuvlarida bu qadar omadsiz o‘ynagan birinchi futbolchi bo‘ldi. Bungacha esa ushbu holat Nikola Kalinichga tegishli edi. Xorvatiyalik futbolchi o‘sha paytda "Blekbern" klubi a’zosi hisoblanardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!