Odil Ahmedovning sobiq jamoadoshi bosh murabbiy rejalaridan tashqarida qolib, klubni tark etdi
“Gamburg” klubi bosniyalik yarim himoyachi Emir Spaxich bilan o‘rtadagi shartnomani bekor qildi.
Klub rasmiy saytining xabar tarqatishicha, bunga klub bosh murabbiyi Markus Gisdolning 36 yoshli futbolchini o‘z rejalariga kiritmaganligi sabab bo‘lgan.

Qayd etish joiz, hamyurtimiz Odil Ahmedov bilan “Anji” safida to‘p surgan futbolchi, joriy mavsumda 11 o‘yinda maydonga tushib, birorta samarali harakatni amalga oshirmagan.

Fikrlar