Olimjon Nabiev musobaqani g‘alaba bilan boshladi

  • 22 yanvar, 2019, 13:01
  • 0
  • Tennis

Qozog‘istonning Olma-ota shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar o‘rtasida xalqaro turnir o‘tkazilmoqda.

Musobaqaning birinchi davrasida hamyurtimiz Olimjon Nabiev mezbonlar vakili Islom O‘rinbosarni har ikkala setda 6:3 hisobida taslim qildi.

Shuningdek, yana bir vakilimiz Odil Karimov esa qozog‘istonlik Nikita Sidorov ustidan 6:2, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!