Oliy liga (10-tur). Eng ko‘p tomoshabin Namanganda yoxud Farg‘onada futbol «o‘lmoqda»mi?

  • 15 may, 2017, 17:05
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Oliy Liga 10-tur bahslari yakunlariga ko‘ra, eng ko‘p muxlis tashrifi Namangandagi bahsda kuzatildi.

«Navbahor» – «Qo‘qon-1912» (1-1) uchrashuvida 20 220 nafar tomoshabin o‘yinni bevosita stadiondan turib tomosha qilish uchun «Navbahor» markaziy stadioniga tashrif buyurgan.

Shuningdek, Samarqandda o‘tgan «Dinamo» – «Nasaf» (1-1) o‘yini 10 100 nafar tomoshabin guvohligida o‘tgan bo‘lsa, Toshkent shahridagi «Paxtakor» – «Buxoro» bahsida 5 650 tomoshabin yig‘ilgan.

Eng kam muxlis esa, Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida qayd etildi. Andrey Fyodorov murabbiyligi ostida 10-turga qadar o‘z maydonida g‘alaba nimaligini bilmay kelayotgan «Neftchi» jamoasi ishtirokidagi uchrashuvga atigi 758 nafar tomoshabin tashrif buyurgan.


Oliy Liga. 10-tur. Muxlislar tashrifi

«Navbahor» (Namangan) – «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – 1:1. 20 220 tomoshabin.


«Dinamo» (Samarqand) – «Nasaf» (Qarshi) – 1:1. 10 100 tomoshabin.


«Paxtakor» (Toshkent) – «Buxoro» (Buxoro) – 2:1. 5 650 tomoshabin.


«Sho‘rtan» (G‘uzor) – «Bunyodkor» (Toshkent) – 1:0. 3 221 tomoshabin.


«Mash’al» (Muborak) – «Olmaliq» (Olmaliq) – 0:0. 2 021 tomoshabin


«Lokomotiv» (Toshkent) – «Qizilqum» (Navoiy) – 2:0. 1 155 tomoshabin


«Metallurg» (Bekobod) – «So‘g‘diyona» (Jizzax) – 3:1. 1 112 tomoshabin.


«Neftchi» (Farg‘ona) – «Obod» (Toshkent) – 1:0. 758 tomoshabin.


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!