Oliy liga: “Navbahor” o‘z stadionidagi o‘yinga eng ko‘p muxlisni jalb qilish borasida peshqadamlikni boy bermayapti

  • 23 aprel, 2017, 10:26
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

 

Xabaringiz bor, 20-22 aprel kunlari oliy liga 7-tur o‘yinlari o‘tkazildi.

3 kun bo‘lib o‘tgan oliy liga 7-tur uchrashuvlari bizga bir qancha kutilmagan natijalarni taqdim etdi. Jumladan Jizzaxda “Neftchi” “So‘g‘diyona”ni 1:0 hisobida taslim etib mavsumdagi o‘zining birinchi g‘alabasini nishaonladi. “Qo‘qon-1912” va “Navbahor” o‘z yo‘lida davom etmoqda. “Bunyodkor” esa Toshkentda “Dinamo” bilan murosa ko‘chasini tanladi. Shu kabi natijalar bilan oldinroq xabardor qilganmiz.

Endi esa SPORTS.uz sayti har doimgidek e’tiboringizga ushbu tur bahslariga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan ham tanishtirib o‘tadi.

Ettinchi turda stadionlarimizga 41641 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu o‘rtacha bir o‘yinga 5205 muxlis keldi degani. Turning markaziy o‘yini hisoblangan “Paxtakor” – “Lokomotiv” bahsini 1358 ishqiboz bevosita o‘yingohdan kuzatib bordi xolos.

Eng ko‘p muxlis har doimgidek Namangandagi o‘yinga yig‘ildi. “Navbahor” – “Sho‘rtan” bellashuvini 12705 odam shohidi bo‘ldi.  Shuni ham qayd etib o‘tish o‘rinliki, “lochinlar” o‘z uylaridagi o‘yinlarda muxlis jamg‘arish bo‘yicha hozircha boshqa jamoalarga o‘rnak bo‘lishmoqda.

“Qaldirg‘ochlar”ni bir ochkoga erishgan bahsga eng kam muxlis tashrif buyurdi. “Bunyodkor” – “Dinamo” uchrashuviga 705 ishqiboz keldi. 7-turga kelib o‘zining dastlabki g‘alabasiga erishgan “Neftchi”ning uchrashuvini 3351 ishqiboz bevosita stadiondan kuzatib bordi.

Quyida ikkinchi turda qaysi o‘yinlarga qancha muxlis jamlanganligini ko‘rishingiz mumkin.

«Navbahor» (Namangan) – «Sho‘rtan» (G‘uzor) – 1:0. 12705 tomoshabin.

«Buxoro» (Buxoro) – «Mash’al» (Muborak)– 2:2. 10572 tomoshabin.

«Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – «Metallurg» (Bekobod) – 3:0. 8628 tomoshabin.

«So‘g‘diyona» (Jizzax) – «Neftchi» (Farg‘ona)– 0:1. 3351 tomoshabin.

«Olmaliq» (Olmaliq) – «Qizilqum» (Navoiy) – 0:0. 2201 tomoshabin.

«Nasaf» (Qarshi) – «Obod» (Toshkent)– 1:0. 2121 tomoshabin.

«Paxtakor» (Toshkent) – «Lokomotiv» (Toshkent) – 1:2. 1358 tomoshabin.

«Bunyodkor» (Toshkent) – «Dinamo» (Samarqand) – 1:1. 705 tomoshabin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!