
“Olmaliq” yoshlari mashg‘ulotlarni boshlab yubordi
“Olmaliq” yoshlar jamoasi mashg‘ulotlarning birinchi kunida 19 nafar futbolchi ishtirok etdi. Murabbiylar shtabi 2016 yilda yoshlar tarkibida to‘p tepgan Aleksandr Menshov, Shaxboz Tojiboev, Bahodir G‘aniev, Bexzod Mirzamuratov, Amirxon Ibrohimov, Timur Ergashevlarga javob berishga qaror qilishdi.
Olmaliqda tashkillashtirilgan mashg‘ulotlarda Nizomiddin Ziyovuddinov, Farrux Sodiqov, Mirjalol Miryusupov, Doniyor Nabiev, Jasurbek Umarov, Shaxzodbek Alakulov, Muhammad Sultonov, Shoxboz Umarov, Farhod Imomov, Dadaxon Yusupov, Bekzod Jo‘raev, Zuhriddin Nishonboev, Jasurbek Mamatqulov, Sarvar Abdunabiev, Sarvar Ro‘zboev, Afzal Ahmadjonov, Avaz Rahmatullaev, Sarvar Zohidov, Kamron Husanjonovlar ishtirok etishdi.
Fikrlar