Olmaliqliklar "Sibir" klubini yirik hisobda mag‘lub etishdi

  • 22 yanvar, 2017, 22:25
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

 

Xabaringiz bor, Oliy liga vakili “Olmaliq” klubi shu Antaliyada mavsum-oldi yig‘in o‘tkazmoqda. Bugun ular o‘quv-yig‘ini davomidagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishdi.

Olmaliqliklarning bu galgi raqibi Rossiya birinchi divizioni ishtirokchisi “Sibir" jamoasi bo‘ldi.

O‘yin asosan “Olmaliq” klubi ustunligi o‘tdi. Tajriba borasida raqibidan anchagina ustun bo‘lgan olmaliqliklar yakunda yirik 3 0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Birinchi bo‘limning 43 daqiqasida Altimurot Annadurdiev hisobni ochgan bo‘lsa, Dilshod Juraev oradan ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas hisobni ikkitaga etkazib qo‘ydi. Jamoalar ushbu hisob bilan tanaffusga yo‘l olishdi.

Ikkinchi bo‘lim ham hamyurtlarimiz uchun omadli boshlandi. 55 daqiqada uchrashuvdagi ikkinchi gol muallifi Dilshod Jo‘raev oshirib bergan to‘pni Alibobo Rahmatullaev raqib darvozasiga joylab qo‘ydi, 3 0. O‘yin yakuniga qadar ushbu hisob saqlanib qoldi.

"Olmaliq" – Sibir 3 – 0

Gollar: Altimurot Annadurdiev 43, Dilshod Juraev 45, Alibobo Rahmatullaev 55

"Olmaliq": Akbar To‘raev, Xurshid Muxtorov, Shavkat Mullajonov, Vladislav Kasminin, Momchilo Dulovich, Islom Inomov, Altimurot Annadurdiev, Dilshod Jo‘raev, Igor Yelich, Alibobo Rahmatullaev, Zabihillo O‘rinboev.

Zaxira: Xurshid Xodjaev, Azizbek Suyunov, Abduqahhor Hojiakbarov, Rahmatillo Berdimurodov, Muhammad Isaev, G‘ulom-Haydar G‘ulomov, Shohnazar Norbekov, Murod Rajabov, Doniyor Usmonov, Viktor Klishin.

“Sibir": Nikolay Tsygan, 4 Tomash Vyxodil, 6 Evgeniy Kachan, 28  Ruslan Magal, 3 Maksim Plopa, 12 Aleksey  Kuvshinov, 7 Roman Belyaev, 11 Nikita Bezlexotnov, 15 Maksim Zyuzin, 94 Oleg Kojemyakin, 9 Maksim Vutinov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!