
“Oltin to‘p”ni topshiring, Ronaldu 5 ta rekord o‘rnatdi(Batafsil)
Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Yuventus”ga qarshi kechgan Evropa Chempionlar ligasi finalida dubl qayd etdi va jamoasining g‘alabasiga ulkan xissa qo‘shdi. Shuning barobarida portugaliyalik yulduz 4 ta rekord o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi.
1. Ronaldu bugungi gollari bilan hisoblaganda, o‘zining EChL(EChK inobatga olinmagan, taxririyat) finallaridagi to‘rtinchi golini kiritdi va bu natijaga erishgan ilk futbolchiga aylandi;
2. Bugungi final Ronaldu gol urgan uchinchi final bo‘ldi. Bundan oldin u 2008 va 2014 yillardagi Chempionlar ligasi finallarida ham o‘z ismni tabloga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan edi. Bu natijaga erishgan ilk futbolchi esa Ronaldu bo‘ldi;
3. Ronaldu o‘z faoliyatida davomida to‘rtinchi bor klublar miqyosidagi eng nufuzli turnirda g‘olib bo‘ldi va bu borada, Inesta, Messi, Pike va Zeedorflarga tenglashib oldi. Biroq Ronaldu bu ishni ikki jamoada bajarishga muvaffaq bo‘ldi;
4. Ronaldu bugungi dubli bilan to‘purarlar bahsida Lionel Messidan bitta golga o‘zib ketdi va ketma-ket beshinchi bor Evropa Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Umumiy hisobda esa mazkur musobaqada 6 bor to‘purarlikni qo‘lga kiritganini aytish joiz. Bunisiga Messi ham havas qilsa arziydi4
5. Bundan tashqari, Ronaldu bugun afsonaviy Buffonning darvozasini ikki bor, umumiy hisobda esa 7-bor ishg‘ol etishning uddasidan chiqdi. Shu vaqtga qadar Buffon darvozasini xali hech kim buncha marta ishg‘ol etmagan.
“Real”ning ustidan kulgan Buffon sharmanda bo‘ldi
Bonus. Ronalduning “Yuventus”ga kiritgan ikkinchi goli uning faoliyatidagi 600-goli bo‘ldi. Krishtianu “Real” safida 406 ta, “MYu”da 118 ta, “Sporting” tarkibida 5 ta va Portugaliya termasida 71 ta gol kiritishga erishgan. Unga 600 ta gol urishi uchun 855 ta o‘yin kerak bo‘ldi.
Fikrlar