O‘zbek bokschilari hammani hayratga solmoqda
Tailand poytaxti Bangkok shahrida davom etayotgan yoshlar o‘rtasidagi boks bo‘yicha Osiyo chempionatida jami to‘qqiz nafar bokschimiz yarim final janglarida ishtirok etdi. Ulardan sakkiz nafari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Aytish joizki, keyingi paytda o‘zbek bokschilari qo‘lga kiritayotgan natijalari muxlisu mutaxassislarni lol qoldiryapti.
SPORTS.uz axborot portali yarim final natijalari bilan tanishtiradi:
49 kg: Samandar Xolmurodov - Guo Tianyi (Xitoy) 4:1
52 kg: Abdumalik Xalakov - Bayarxuu Buyandalai (Mo‘g‘uliston) 5:0
60 kg: Saidjamshid Ja’farov - Samatali To‘ltaev (Qozog‘iston) 1:4
64 kg: Bilolbek Mirzarahimov - Pannon Banfon (Tailand) 5:0
69 kg: Farrux Ilhomov - Issie Aramoto (Yaponiya) 4:1
75 kg: Rajabboy Otaniyozov - Ayat Marjipaev (Qozog‘iston) 5:0
81 kg: Temur Ergashev - Eldiyor Qamchibekov (Qozog‘iston) 5:0
91 kg: Profsor Rorimsha - Xan Ksue Jen (Xitoy) 5:0
+91 kg: Lazizbek Mullajonov - Saxravat Xarshrit (Hindiston) 5:0



Fikrlar