O‘zbek bokschilaridan ulkan natija kutamiz

  • 30 iyun, 2017, 21:49
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi katta murabbiyi Hamid Tangribergenov tarkibga Samandar Xolmurodov, Abdumalik Xalakov, Zoirjon Jumanazarov, Saidjamshid Ja’farov, Bilolbek Mirzarahimov, Farrux Ilhomov, Rajabboy Otanazarov, Temur Ergashev, Profsor Rorimsha, Lazizbek Mullajonov kabi iste’dodli bokschilarni kiritgan.

Tecno
Tailandda yoshlar o‘rtasida boks bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi. Qit’amizning eng iqtidorli bokschilar ishtirok etadigan nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini o‘n nafar hamyurtimiz himoya qiladi.

Ertaga dastlabki bosqich janglari o‘tkaziladi. Eng engil - 49 kilogrammgacha vazn toifasida Samandar Xolmurodov iroqlik Muhammad Zuhayriy bilan raqobatlashadi. 52 kilogramm vazn toifasida Abdumalik Xalakov tailandlik Xitvanna Nivakka qarshi kortga chiqadi.

Og‘irligi 75 kilogramm bo‘lgan bokschilar bahsida Rajabboy Otanazarov ilk jangini Xitoy Taypeyidan kelgan Chia Yen Xsiexga qarshi o‘tkazadi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!