O‘zbek dzyudochilari hammani lol qoldirdi

  • 14 iyul, 2017, 21:59
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO
 

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida kadetlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati O‘zbekiston terma jamoasi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dzyudochi qizlarimiz raqiblarga "non bermadi"

Birinchi kungi bellashuvlarda Xurshidbek Abdusaidov, Sita Qadamboeva hamda Halima Qurbonova shahsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan, Yulyana Maksetboeva kumush, Nilufar Ermagambetova, Shukurjon Aminova, Zafarbek O‘rmonaliev bronza medalga loyiq topilgan edi.

Ikkinchi kungi bellashuvlarda Edgar Grigoryan va Mohinisa Husanova kumush, Ozodbek Murodov, Muzaffar To‘raboev, Madina Astanova bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Kadetlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida uchta oltin, uchta kumush va oltita bronza medal jamg‘argan O‘zbekiston terma jamoasi umujamoa hisobida Janubiy Koreya va Qozog‘iston dzyudochilarini ortda qoldirib, faxrli birinchi o‘rinni egalladi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!