O‘zbekiston - Suriya o‘yinida ishlaydigan hakamlar o‘zbek muxlislari uchun notanish emas

  • 5 sentabr, 2018, 21:43
  • 0
  • Futbol

Ushbu uchrashuvni turkmanistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam - Chorimurod Qurbonov. Unga qanotlarda Polvon Polvonov hamda Ahmet Beknazarovlar assistentlik qilishadi. 

E’tiborlisi, 2003 yilda FIFA referesi bo‘lgan Qurbonov bugunga qadar o‘zbek jamoalari ishtirokidagi bir qancha o‘yinlarni boshqargan.

U "Neftchi", "Nasaf" va O‘zbekiston U16 jamoalari ishtirokidagi o‘yinlarda ishlagan.

OFK Kubogi. Guruh bosqichi

21.04.2009 "Busaytin" (Bahrayn) - "Neftchi" 2:2 (o‘yinda jami 8 ta sariq kartochka ko‘rsatgan va mezbonlar darvozasiga penalti belgilagan)

 


OFK Kubogi. Guruh bosqichi

11.05.2011 "Nasaf" - "Al Tilol" (Yaman) 7:1 ( 2 ta sariq)


OFK Kubogi. Guruh bosqichi

21.03.2012 "Salgoakar" (Hindiston) - "Neftchi" 2:2 ( 4 ta sariq)


U16 Osiyo chempionati saralash bosqichi

20.09.2017 O‘zbekiston U16 - Shri Lanka U16 6:0 (2 ta sariq)

24.09.2017 O‘zbekiston U16 - Saudiya Arabistoni U16 0:1 (8 ta sariq).

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!