O‘zbekiston U-18 termasi ikkinchi o‘yinda Belarus yoshlarini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

  • 20 iyun, 2017, 07:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-18 terma jamoasi Minsk shahridagi o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘ini davomida ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

Tecno

Belarus yoshlariga qarshi ikkinchi bellashuvda o‘zbekistonlik futbolchilar 4:0 hisobidagi yirik g‘alabaga erishdi. Dastlabki bahsda O‘zbekiston U-18 termasi 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘rtoqlik o‘yinlari O‘zbekiston U-18 terma jamoasi uchun 2018 yili bo‘lib o‘tadigan U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari Tojikistonda bo‘lib o‘tadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
Minsk, Belarus
19 iyun, dushanba

O‘zbekiston U-18 – Belarus U-18 — 4:0

Gollar: Asadbek Sobirjonov (14), Jahongir Abdusalomov (37), Rasul Yo‘ldoshev (39), Bobur Asqarov (90+4)

O‘zbekiston U-18: Javohir Qilichev, Dilshod Saidov, Abubakir Mo‘ydinov, Rasul Yo‘ldoshev, Nodir Kuybokov, Akmal Mozgovoy, Suhrob Izzatov, Bobur Asqarov, Islom Kenjaboev, Asadbek Sobirjonov, Jahongir Abdusalomov.

Zaxira: Umid Ergashev, Ibrohim Yo‘ldoshev, Kamron Saidazimov, Sanjar Zokirov, Georgiy Ahmedov.

Belarus U-18: Kirill Kotov, Vladislav Malkevich, Maksim Myakish, Vladislav Glinskiy, Ilya Jugir, Artyom Petrenko, Gleb Shevchenko, Aleksey Smirnov, Sergey Volkov, Miroslav Xlebosolov, Kirill Ermakovich.

Zaxira: Egor Davidenko, Nikita Betenya, Andrey Pimipovets, Egor Lanun, Evgeniy Sakuta, Vladimir Starostin, Maksim Kavel, Aleksandr Ksenorantov, Ilya Semo, Ilya Vasilevich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!