O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ham Qatar bilan kuch sinashadi

2018 yili Xitoy davlatida o‘tkaziladigan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga saralash bahslari shu yil iyul oyida bo‘lib o‘tadi. Ushbu uchrashuvlarga munosib tarzda tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Qatar (U-23) olimpiya terma jamoasi vakillari 10-28 mart kunlari Doha shahrida navbatdagi yig‘inini o‘tkazishadi.

Ushbu mashg‘ulotlar davomida qatarliklar uchta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi rejalashtirilgan. SPORTS.uz axborot portaliga ma’lum qilishlaricha, Qatar olimpiya terma jamoasi 23 mart kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

O‘zbekiston MTJning Suriya va Qatarga qarshi o‘yinlari boshlanish vaqti ma’lum

Oradan 5 kun o‘tib esa, ispaniyalik mutaxassis Feliks Sanches qo‘l ostida tayyorgarlik ko‘rayotgan qatarliklar Kanada olimpiya terma jamoasi bilan ham kuch sinashadi. Birinchi o‘rtoqlik o‘yinidagi raqib nomi hali oshkor etilmagan.

Фикрлар

Фикр қолдириш учун авторизациядан ўтинг!