O‘zbekiston terma jamoasi Daniya yoshlariga mag‘lub bo‘ldi

  • 22 yanvar, 2017, 18:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO


Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2018 uchinchi saralash bosqichi ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida kecha BAAning Dubay shahriga etib bordi.

Tecno

21-24 yanvar kunlari o‘tkazilishi relashtirilgan yig‘in doirasida terma jamoamiz ikkita o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Shulardan biri bugun "The Sevens" stadionida Daniya U-23 terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tdi.

Biroz avval yakuniga etgan ushbu bahsda vakillarimiz daniyalik yoshlarga 1-2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

O‘zbekiston - Daniya U-23 1 - 2

O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Rustam Ashurmatov, Salamat Quttiboev, Jaloliddin Masharipov, Aleksandr Merzlyakov, Vladimir Kozak, Sardor Mirzaev, Shuxrat Muxammadiev, Dostonbek Xamdamov, Akbarjon Ismatullaev, Shoxruz Norxonov

Zaxira: Murodjon Zuxurov, Marat Bikmaev, Azimjon Ahmedov, Jamshid Iskanderov, Igor Sergeev, Javoxir Soxibov, Stanislav Andreev, Otabek Shukurov, Islom To‘xtaxo‘jaev, Aleksandr Lobanov, Davronbek Xoshimov, Eldor Shomurodov

Daniya: Andreas Hansen, Andreas Maksso, Patrik Banggard, Markus Ingvartsen, Robert Skov, Frederik Borsting, Rasmus Kristensen, Paskal Gregor, Ens Yakob Tomasen, Kasper Janker, Mikkel Desler

Zaxira: Yeppe Xyoyberg, Yakob Bloberg, Endryu Xyulsager, Kasper Nilsen, Emiliano Markondez, Mikkel Duelund


Eslatib o‘tamiz, milliy terma jamoamiz ertaga Gruziya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!