O‘zbekistondan yangi nokautchi chiqmoqda (video)

  • 30 январь, 2017, 07:15
  • 0
  • Бокс
 

O‘zbek boks maktabi jahon miqyosida o‘z nufuziga ega. O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari doimo har qanday nufuzdagi musobaqada, hattoki Olimpiya o‘yinlari, jahon va qit’a chempionatlarida ham doimo yuqori o‘rinlar uchun kurashib keladi.

Bugungi kunda o‘zbek sporti uchun nisbatan yangi hisoblangan professional boks bahslarida ham yuqori natijalarga intilayotgan iste’dodli charm qo‘lqop ustalarining safi tobora kengayib bormoqda.

Profringda o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan zarbasi kuchli bokschilarimizdan biri Davron Quronboev Filippinda dastlabki jangini o‘tkazdi.

Yarim og‘ir vazn toifasida ringga chiqayotgan hamyurtimiz professional ringdagi birinchi jangini filippinlik Arbin Eskayaga qarshi o‘tkazdi.

- Albatta, ilk marotaba professional ringga chiqqanim uchun biroz hayojon bor edi, - deydi Davron Quronboev SPORTS.uz axborot portaliga. - Lekin jang boshlanishi bilan bor mahoratimni ishga solishni o‘yladim.

Davron o‘zining jang uslubi bilan birinchi uchrashuvidayoq muxlisu mutaxassislar e’tiboriga tushdi. Hamyurtimiz bungacha profringda ettita jang o‘tkazgan raqibini bir yarim daqiqada nokautga tushirdi va dastlabki g‘alabasini nishonladi.

Quyidagi video lavhalar orqali o‘zbekistonlik bokschining mahoratiga baho bering.

SPORTS.uz

 

Фикрлар

Фикр қолдириш учун авторизациядан ўтинг!