
O‘zbekistonni enggan Eron Braziliya bilan bir qatordan joy oldi
Hozirgina JCh-2018 saralash bosqichi 8-turidan o‘rin olgan Eron xamda O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin nihoyasiga etdi.
Mazkur bahsda forslar 2:0 hisobida hamyurtlarimizni mag‘lub etdi va muddatidan oldin Rossiyada o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Bunga qadar faqatgina Braziliya terma jamoasining Rossiyadagi mundialda ishtirok etishi ma’lum bo‘lgan edi.
Bundan tashqari, Rossiya terma jamoasi ham mezbon sifatida 2018 yilgi JChda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan edi.
Fikrlar