PSJ Agueroni o‘z safida ko‘rmoqchi

  • 24 iyun, 2017, 14:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning “Manchester Siti” klubi forvardi Serxio Aguero faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Times nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaning yozishicha, PSJ 28 yoshli argentinalik futbolchi uchun 68 mln evro taklif qilishni rejalashtirmoqda. Ta’kidlash kerakki, parijliklar rahbariyati ushbu transferning amalga oshishiga ishonishmoqda. Boisi, Agueroning “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan kelisha olmayotgani va jamoaga yana bir hujumchi Gapbiel Jezusning kelgani futbolchining jamoadan ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Biroq, Aguero bundan avvalroq “Manchester Siti”da shartnomasi yakuniga etguniga qadar qolishni rejalashtirayotgani haqida aytib o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, Argentina terma jamoasi a’zosi joriy mavsum APLda jami 31ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblari darvozasiga 20ta to‘p kiritgan va 3ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!