Paulo Dibala “Yuventus”da yiliga 7 mln evro oladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

“Yuventus” jamoasi klub hujumchisi Paulo Dibala bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda Goal nashri xabar tarqatdi.

Ma’lum bo‘lishicha, argentinalik futbolchi kelishuv muddatini yana 4 yilga uzaytiradi. Uning yiooik maoshi esa 7 mln evroni tashkil qiladi.

“Yuventus”da eng ko‘p maoshi oluvchi futbolchi Dibalaning hamyurti Gonsalo Iguain sanaladi. Uning yillik maoshi 7,5 million evroni tashkil qiladi. Demak, Dibala eng ko‘p maosh oluvchi ikkinchi o‘yinchiga aylanadi.

Ma’lumot uchun, Paulo Dibala 2015 yili “Palermo”dan Turinga 32 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!