“Paxtakor”ning braziliyalik va isroillik futbolchilari haqida qisqacha ma’lumot

  • 7 iyul, 2017, 14:18
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

11 iyul, seshanba kuni "Paxtakor" futbol klubi matbuot anjumani o‘tkazadi. Unda jamoaga taklif etilgan yangi futbolchilar - braziliyalik Tiago Bezerra, isroillik Gidi Kanyuk, o‘zbekistonlik o‘yinchilar Sherzod A’zamov va Eldor Suyunov bilan shartnoma imzolanadi hamda ularni ommaga tanishtiriladi.

SPORTS.uz esa ushbu ikki legioner futbolchilar haqida dastlabki ma’lumotlarni taqdim etadi.

Tiago Bezerra – 1987 yil 17 fevralda Braziliyada tavallud topgan. Ampluasi hujumchi. Bo‘yi – 1,78 sm. Hozircha forvard erkin agent hisoblanadi. Uning transfer narxi esa 400 ming evroni tashkil etadi. Uning so‘nggi jamoasi Turkiyaning “Adana Demirspor” bo‘lgan. Bezerra faoliyati davomida 217 o‘yinda maydonga tushgan va raqiblari darvozasini 84 marta ishg‘ol qilgan.

Shidi Kanyuk – 1993 yil 11 fevralda Isroilda tug‘ilgan. Ampluasi markaziy yarim himoyachi. Bo‘yi 1,79 sm. Uning transfer narxi 300 ming evroga baholangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!