Plyaj futboli. “Kogon” — O‘zbekiston Kubogi sohibi!

  • 21 iyul, 2018, 09:11
  • 0
  • Futbol

20 iyul kuni Qarshi shahridagi “Geolog” MSSM qoshidagi qumli maydonda plyaj futboli bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Finalda Buxoro viloyati Kogon shahrining “Kogon” jamoasi va Qarshining “Nasaf” jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. “Kogon” uchrashuvda 4:1 hisobida g‘alaba qozondi va O‘zbekiston Kubogi sohibiga aylandi.

Uchrashuv yakuniga etgach, O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi rasmiy vakillari Alisher Fayziev va Oybek Yunusovlar g‘oliblarga diplomlar va kubokni tantanali ravishda topshirishdi. Shuningdek, Sohib Narzullaev (Kogon) - eng yaxsh to‘purar, Jo‘rabek Axmedov (Kogon) - eng yaxshi himoyachi va  Asadilloh Polvonov (Nasaf) - eng yaxshi darvozabon deya, e’tirof etildi. Nominantlarga ham diplomlar topshirildi.

Taqdirlash marosimidan so‘ng Alisher Fayziev so‘zga chiqib, musobaqa ishtirokchilariga va tashkilotchilarga hamda “Geolog” MSSM rahbariyatiga O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi nomidan tashakkurlar bildirdi.

Sohil futboli. O‘zbekiston Kubogi. Final

“Kogon” (Buxoro vil.) – “Nasaf” (Qarshi) 4:1 (0:0, 2:0)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!