Pochettino Alderveyreldni jiddiy tanqid ostiga oldi

  • 22 avgust, 2018, 19:20
  • 0
  • Futbol

Londonning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino boshqa jamoaga o‘tishni yoki yuqori maosh olishni istayotgan himoyachi Tobi Alderveyreldni jiddiy tanqid qildi.

“Alderveyreldning harakatlari vaqt sarflashdan boshqa narsa emas. U shartnomaga imzo chekkan paytda keyinchalik murabbiy undan istalgan paytda foydalanishiga rozi bo‘ladi. Tobi shug‘ullanishda davom etishi va maydonga chiqishi uchun o‘z imkoniyatini kutishi kerak. Hech kim meni shantaj qila olmaydi. Klub ham menga bosim o‘tkaza olmaydi”, - deydi argentinalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, belgiyalik futbolchining “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilda o‘z nihoyasiga etadi. Klub rahbariyati ushbu kelishuvni uzaytirishga urinmoqda, biroq taklif qilinayotgan maosh Alderveyreldni qoniqtirmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!