Pochettino Allining narhini qanchaga baholadi?
Londonning “Tottenxem” klubi bosh murabbiyi Mourisio Pochettino jamoa yarim himoyachisi Dele Allini 50 million funt (tahminan 60 million evro)ga baholadi.
“Allining narhi 50 million funt deb o‘ylayman. Nega endi bunday bo‘lmasligi kerak? Dele bugungi kunda o‘yinni to‘liq nazorat qilmoqda va u juda ham iste’dodli. Hozirgi vaqtda Evropada 20 yoshli futbolchilar orasida bundayini topa olmaysiz. O‘ylaymanki u yaqin 10-12 yil davomida Angliya futbolining etakchisiga aylanadi.
APL bu dunyodagi eng kuchli chempionatdir. Agar siz Angliyada eng zo‘rlaridan biri bo‘lsangiz, demak, Evropada ham eng yaxshilardansiz. Alli nafaqat maydonda, balki, hayotda ham o‘zini ajoyib tutadi”, - deydi argentinalik murabbiy Sky Sportsga bergan intervyusida.

Fikrlar