Poytaxtimizda badminton bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oldi

Poytaxtimizda joylashgan "Chorsu badminton markazi" navbatdagi musobaqaga mezbonlik qilmoqda. 2001-1998 yillar orasida tug‘ilgan yosh iste’dod egalari 5 maygacha bor mahoratlarini namoyish etadilar. 

Ko‘plab vakillarimiz qatori badmintonchilarimiz ham joriy yil Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishadi. Mana shu musobaqaga o‘ziga xos saralash vazifasini bajarib beruvchi turnirni terma jamoa murabbiylari diqqatlik bilan kuzatib borishadi. Zero, ushbu yosh avlod vakillari 2020 yili bo‘lib o‘tadigan Tokio Olimpiadasiga litsenziya olish uchun xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qiladilar. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!