
Pulishich: Chempionlar ligasidagi dastlabki golimni kiritganimdan hursandman (video)
Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Kristian Pulishich kecha bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi 1/8 final “Benfika”ga (4:0) qarshi bo‘lib o‘tgan javob o‘yinida raqib darvozasini ishg‘ol etib, jamoasi g‘alabasini ta’minlagan edi. AQShlik futbolchi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Men juda ham hursandman. Bu biz uchun muhim gol edi. Ta’kidlashim kerakki, mening Chempionlar ligasidagi debyut golim mana shunday muhim uchrashuvda kiritilganidan hursandaman”, - deydi 18 yoshli futbolchi.
Quyida Pulishichning "Benfika" darvozasiga kiritgan golini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar