Putin Libertadores kubogi finalini Rossiyada o‘tkazishni taklif qilgan

  • 29 noyabr, 2018, 23:26
  • 0
  • Futbol

«Yoxannesburgdagi prezidentlar uchrashuvida qatnashganimdan juda xursandman. Vladimir Vladimirovich Libertadores kubogi finalining bir uchrashuvini 2018 yilgi Jahon chempionati bo‘lib o‘tgan shaharlardan birida o‘ktazishni taklif qilgan edi", - deb uning so‘zlarini keltirib o‘tdi "R-Sport".

Oldinroq xabar qilinishicha, «River Pleyt» va «Boka Junior» o‘rtasidagi Libertadores kubogining final uchrashuvi 8 yoki 9 dekabr kuni Argentinadan boshqa mamlakatda bo‘lib o‘tishi borasida xabarlar tarqalgan edi.. Dastlab, o‘yin 24 noyabr kuni Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tishi kerak edi, lekin «Boka» avtobusiga "River" muxlislari toshlar va shisha idishlari otganliklari tufayli bellashuv boshqa muddatga qoldirilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!