Qashqadaryoda plyaj futboli start oldi

  • 7 avgust, 2018, 11:43
  • 0
  • Futbol

Yurtimizda futbolni rivojlantirish uchun qator ishlar amalga oshirilayotganini yaxshi bilasiz. Ayniqsa, futzal, ayollar futboli kabi sohil (plyaj) futboliga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu sport turiga qiziquvchilar ham tobora ko‘payib borayotgani quvonarlidir.

Hozirda yozning issiq kunlarida sohil futboli ancha ommalashgan desak yanglishmagan bo‘lamiz. Ayniqsa, Qashqadaryoda sohil futboli bir muncha rivojlanayotgani haqiqat. Aslida-ku, ushbu viloyatda futbolga e’tibor yuqori darajada. Shunday ekan, uning boshqa bo‘g‘inlaridagi futbol musobaqalari ham yuqori saviyada tashkillashtirib kelinadi. Shundan kelib chiqib aytganda, u erda plyaj futboli uchun ham sharoitlar yaratilgan. Bu borada Qashqadaryo viloyati futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Norqul Daminovning xizmati katta. Aynan sohil futbolining yanada rivojlanishi va unga qiziquvchilarning sonini oshirish maqsadida viloyat futbol assotsiatsiyasi tomonidan viloyat birinchiligi o‘tkazilmoqda va unda quyidagi jamoalar ishtirok etmoqda. Bular – “Nishon” (Nishon), “Koson” (Koson), “Kasbi” (Kasbi), “Binokor-1” (Qarshi), “Binokor-2” (Qarshi), “Adolat” (Qarshi), “Mash’al” (Muborak), “Sho‘rtan” (G‘uzor), “Mirishkor” (Morishkor), “Pulati” (Koson), “Chiroqchi” (Chiroqchi), “Nasaf” (Qarshi).

Aytish kerakki, sohil futboliga bo‘lgan e’tibor va qiziqish borgan sari oshib bormoqda. Shu boisdan Qarshida ushbu sport turi muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazilmoqda.

Shuhratbek Jo‘raev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!