
“Qizilqum” – “Paxtakor” uchrashuviga eng ko‘p tomoshabin tashrif buyurdi, “Obod”dan antirekord
5–7 avgust kunlari oliy liga 16-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, «Navbahor» Toshkentda «Obod»ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, «Metallurg» safarda «Dinamo» darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi. «Neftchi» o‘z maydonida «Sho‘rtan» bilan durnangga erishdi 1:1, «Bunyodkor» safarda «So‘g‘diyona» bilan 0:0 o‘ynadi. «Olmaliq» - «Buxoro», «Qizilqum» - «Paxtakor» hamda “Lokomotiv” – “Mash’al” o‘rtasidagi o‘yinlarda ham bir xil — 1:1 hisoblarida qayd etildi.
«Qo‘qon-1912» jamoasi Qarshida «Nasaf» bilan kuch sinashib, 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Qayd etish kerakki, barcha uchrashuvlarda hakamlar tomonidan 5 ta penalti belgilangan bo‘lsa, shulardan atigi 1 tasi golga aylandi.
Endi esa SPORTS.uz sayti har doimgidek e’tiboringizga ushbu tur bahlariga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishtirib o‘tadi.
Ikkinchi davraning dastlabki tur uchrashuvlarida stadionlarimizga jami 26062 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu o‘rtacha bir o‘yinga 3257.75 muxlis keldi degani. Turning markaziy o‘yini hisoblangan “Nasaf” - “Qo‘qon-1912” bahsini 5142 ishqiboz bevosita o‘yingohdan kuzatib bordi. Ikkinchi davra oldidan tarkibini tubdan o‘zgartirgan “Paxtakor”ning safarda “Qizilqum”ga qarshi uchrashuvni 7435 ishqiboz tomosha qildi. Bu turning eng ko‘p muxlis tashrif buyurgan o‘yini bo‘ldi.
Eng kam muxlis borasidagi statistika doimgidek Toshkent klubiga tegishli. Endi TTMIda uy bahslarini o‘tkazishi belgilangan “Obod” bu turda oliy liga antirekordini o‘rnatdi. Chunki “Obod” – “Navbahor” bellashuvini 174 ishqiboz stadiondan kuzatib bordi xolos. Bu chempionat tarixida kuzatilmagan natija edi.
Quyida ushbu turdagi o‘yinlarga qancha tomoshabin kelganini bilib olishingiz mumkin.
Oliy liga, 16-tur
«Qizilqum» (Navoiy) – «Paxtakor» (Toshkent) – 1:1. 7435 tomoshabin.
«Nasaf» (Qarshi) – «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – 3:0. 5142 tomoshabin.
«So‘g‘diyona» (Jizzax) – «Bunyodkor» (Toshkent) – 0:0. 3600 tomoshabin.
«Dinamo» (Samarkand) – «Metallurg» (Bekobod) – 0:3. 3425 tomoshabin.
«Olmaliq» (Olmaliq) – «Buxoro» (Buxoro) – 1:1. 3211 tomoshabin.
«Neftchi» (Farg‘ona) – «Sho‘rtan» (G‘uzor) – 1:1. 2238 tomoshabin.
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Mash’al» (Muborak) – 1:1. 837 muxlis.
«Obod» (Toshkent) – «Navbahor» (Namangan) – 0:2. 174 tomoshabin.
Fikrlar