«Qizilqum» futbolchisi jamoani tark etdi

  • 23 iyun, 2018, 12:55
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, ayni paytda O‘zbekistonda transfer oynasi ochilgan va jamoalar tarkiblarini kuchaytirish payiga tushishgan. Shu jumladan Navoiyning «Qizilqum» klubi yarim himoyachisi Nodir Kamolov ham klub bilan o‘zaro kelishgan holda jamoani tark etdi. Bu haqda futbolchining o‘zi Sports.uz muxbiriga ma’lum qildi. 

- Jamoa bilan do‘stona xayrlashdik, shartnomani murabbiylar va rahbariyat bilan kelishgan holda bekor qildim. O‘zimni yangi jamoada sinab ko‘rmoqchiman. Navoiyda barchasi yaxshi, «Qizilqum»ga omad tilayman, -deydi Kamolov saytimiz hodimi bilan bo‘lgan suhbatda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!