“Qo‘qon-1912”: An’naga aylanib borayotgan musobaqa

  • 27 dekabr, 2016, 08:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

So‘nggi yillarda “Qo‘qon-1912” tashbbusi bilan “Siz “Qo‘qon-1912” jamoasida o‘ynashni xohlaysizmi?” deb nomlangan turnir o‘tkazilib kelinmoqda. Bu yil ham ushbu an’ana davom ettirildi, deb xabar bermoqda qo‘qonliklar matbuot xizmati.

Kecha “Markaziy” o‘yingohda to‘rtta jamoa ishtirokida ana shunday musobaqa tashkil etildi. Musobaqada asosan 1997-2000 yillarda tug‘ilgan mahalliy yosh futbolchilar ishtirok etishdi.

Ushbu kichik turnirni jamoa rahbarlari, bosh murabbiy No‘’mon Hasanov va o‘rinbosarlar murabbiylari katta qiziqish bilan kuzatib borishdi. Bu bejiz emas albatta. Aynan mazkur musobaqada o‘zining iqtidorini namoyish eta olgan yoshlar, o‘rinbosarlarimizning bo‘lajak yig‘inlariga taklif etiladi.

So‘nggi yillarda “Qo‘qon-1912” jamoasi bolalar futboliga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Ayni damda klubimiz qoshida bir nechta futbol maktablari faoliyat olib bormoqda. Buning samarasi ularoq, jamoamiz har yili yangi futbolchilarni kashf etishi odatga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!