"Qo‘qon-1912": Raqamlar tilga kirganda

  • 6 dekabr, 2017, 08:17
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

"Qo‘qon-1912" jamoasi 2017 yilgi O‘zbekiston chempionati davomida qayd etilgan natijalar, qiziqarli faktlar xususida ma’lumot berdi.

Eng ko‘p qayd etilgan hisob

2017 yilgi chempionat davomida qo‘qonliklar ishtirokidagi o‘yinlarda 12 xil hisob qayd etilgan. Jamoa ettita o‘yinni 2:1 hisobida yakunlangan. Uchta bahsda shu hisobda g‘alaba qozonilgan bo‘lsa, to‘rtta bellashuvda raqiblarga imkoniyat boy berilgan.

Beshta uchrashuv 1:1 hisobida intiho topgan. To‘rtta uchrashuvda 3:0 hisobi qayd etilgan. Qolgan natijalar quyidagicha: 1:0, 3:2, 0:0, 3:1, 2:0 ikki martadan, 4:2, 4:1, 5:2, 2:2 hisoblari bir martdan qayd etilgan.

Golsiz o‘yin

Mavsum davomida qo‘qonliklar oltita o‘yinda raqiblar darvozasiga yo‘l topa olishmadi, Bu bahslarning ikkitasida hisob ochilmadi. Qolgan 24 ta uchrashuvlarda futbolchilar gol urishni uddalashdi. O‘z navbatida oltita o‘yinda "Qo‘qon-1912" darvozasi daxlsizligini saqlab qolilgan.

Xet-trik va dubllar

Suhrob Berdiev bitta o‘yinda uchta gol urgan jamoaning yagona futbolchisi bo‘lib turibdi. Berdiev 7-tur doirasidagi “Metallurg”ga qarshi kechgan o‘yinda bekobodliklar darvozasini uch marta aniq nishonga oldi.

Bundan tashqari, jamoa to‘purari “Sho‘rtan” bilan Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda raqib darvozasiga ikkita to‘p kiritgan. Nosir Otaqo‘ziev ham ushbu mavsumda bir marta dublga erishdi. Jamoa sardori “Neftchi” darvozasini bir o‘yinda ikki bor aniq nishonga olgan.

Penaltilar

Yakuniga etgan mavsumda "Qo‘qon-1912" futbolchilari raqiblar darvozasiga besh marta penaltidan to‘p kiritishdi. Barcha penaltilarni Murod Xolmuhammedov amalga oshirgan. Xolmuhammedov “So‘g‘diyona”ga qarshi o‘tkazilgan har ikki uchrashuvda ham penaltidan gol urgan. 

Seriyalar

Jamoa birinchi davrada qatorasiga 11 ta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchramadi. Bundan tashqari, qatorasiga 14 ta uchrashuvda raqib darvozasiga to‘p kiritildi. Birinchi davrada futbolchilar safardagi o‘yinlarning beshtasida (ketma-ket beshta o‘yin) mag‘lubiyatga uchrashmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!