“Qo‘qon-1912” klubi Pardaev, Merzlyakov va Xolmuhammedov bilan shartnoma imzoladi
Kelayotgan mavsumda o‘z oldiga jiddiy maqsadlarni qo‘ygan “Qo‘qon-1912” klubi o‘z tarkibini tajribali futbolchilar bilan kengaytirmoqda.
Barcha muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan futbolchilar Bahodir Pardaev, Aleksandr Merzlyakov hamda Murod Holmuhammedovlar bugun jamoa bilan shartnomaga imzo chekishdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Bu futbolchilar endi rasman “Qo‘qon-1912” a’zolariga aylanishdi. Har uchchala futbolchi bilan bir yillik shartnomalar imzolandi. “Qo‘qon-1912” klubi o‘z tarkibini kuchaytirishda davom etadi. Yaqin kunlarda jamoa safiga yana yangi futbolchilar qo‘shiladi.


Fikrlar