“Qo‘qon-1912” tarkibida o‘zgarishlar yuz berdi

CHERY AUTO

 

Tecno

“Qo‘qon-1912” jamoasining ikkinchi yig‘ini 3 yanvar kuni boshlandi. Toshkentda davom etayotgan yig‘inda futbolchilar kuniga ikki mahal mashg‘ulot o‘tkazishmoqda, deb xabar beradi klub matbuot xizmati.

2016 yilgi mavsumda “So‘g‘diyona” sharafini himoya qilgan Akmal Xolmurodov “Qo‘qon-1912” yig‘iniga kelib qo‘shildi.

Jamoaning ishqibozlari uchun xushxabar. Toshkentdagi yig‘inda qo‘qonliklar safiga Javohir Sidiqov ham kelib qo‘shildi. O‘tgan mavsum kashfiyotlaridan biri sifatidi e’tirof etilgan yosh futbolchi joriy yilda ham “Qo‘qon-1912” jamoasi sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.

“Qo‘qon-1912” vakillari 8 yanvar kuni 2017 yildagi birinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishadi. Yakshanba kuni Qibrayda bo‘lib o‘tadigan o‘yindagi raqibimiz – “Paxtakor” jamoasi bo‘ladi. Ushbu bahs soat 12:00da boshlanishi ko‘zda tutilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!