
Ramos Krimets bilan bir jamoada to‘p suradi
Xitoy chempionati vakillari Evropaning etakchi klublarida o‘ynayotgan taniqli futbolchilarni o‘z tarkibiga chorlashda davom etmoqda. Xitoyning mashhur jamoalaridan biri "Beytszin Goan" ham shu yo‘ldan bormoqda. O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Egor Krimets to‘p surayotgan ushbu klub Ramosni olib keladigan bo‘ldi.
Dortmundning "Borussiya" jamoasi hujumchisi Adrian Ramos uchun yiliga 3 million evro maosh va’da qilyapti. Bu kolumbiyalik hujumchi uchun katta maosh hisoblanadi. "Borussiya" rahbariyati o‘z hujumchisini 10 million evroga transfer qilishga rozi bo‘lgan.
Agar bu transfer amalga oshsa Ramos hamyurtimiz Egor Krimets bilan birga bir jamoa sharafini himoya qiladi. Xitoyning ushbu klubi hujumida "Paxtakor" vakili Igor Sergeev ham to‘p surgan edi.
Adrian Ramos Bundesligida ettita uchrashuvda ikkita to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar