Ramos endi 500-raqamda o‘ynaydi-mi? (foto)
Avval xabar berganimizdek Madridning “Real” klubi sardori Serxio Ramos o‘tgan turda “Osasuna”ga (3:1) qarshi bahsda o‘zining “qirollik klubi” safidagi 500-o‘yinini o‘tkazdi.
O‘z navbatida “Real” prezidenti Florentino Peres 30 yoshli himoyachini bu yutuq bilan tabrikladi va unga 500 raqami tushirilgan jamoa futbolkasini topshirdi.

“Bu men uchun juda muhim raqamlar. Chunki, “Real” safida 500ta o‘yin o‘tkazish hammaga ham nasib qilavermaydi. Bu men uchun katta sharaf. Umid qilamanki, bu jamoa tarkibida yana ko‘plab uchrashuvlarda ishtirok etaman”, - deydi Ramos klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Fikrlar