Rasman! "Barselona" Paulinoni Xitoy klubiga sotdi

  • 4 yanvar, 2019, 20:05
  • 0
  • Futbol

Xitoyning "Guanchjou Evergrand" kubi "Barselona" yarim himoyachisi Paulinoning transferini to‘liq sotib oldi. Bu haqda Football Espana nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra xitoyliklar 30 yoshli braziliyalik futbolchi uchun “ko‘k-anor ranglilar”ga avval kutilganidek 50 mln emas, balki 42 mln evro to‘lashgan.

Eslatib o‘tamiz, "Guanchjou Evergrand" Paulinoni o‘tgan yoz kataloniyaliklardan ijaraga olgan edi. U joriy mavsum 19ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Ma’lumot uchun, Paulino bundan avval 2015-2017 yillarda ham "Guanchjou Evergrand"da to‘p surgan va keyin 40 mln evro evaziga “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!