Rasman! Dik Advokat Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Gollandiya terma jamoasiga navbatdagi bosh murabbiy tayinlandi. Endi “lolalar yurti” termasini Dik Advokat boshqaradi. Bu haqda mamlakat futbol ittifoqi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Aytish kerakki, 69 yoshli mutaxassis bu borada mart oyida iste’foga chiqarilgan Danni Blindning o‘rnini egalladi. Ruud Gullit esa Advokatga yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib boradigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Gollandiya JCh-2018 saralashi doirasida o‘tkazilgan 5ta turda bor yo‘g‘i 3 ochko to‘plagan holda guruhning 4-pog‘onasini egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!