
Rasman: Patris Evra “Marsel” a’zosiga aylandi
Turinning “Yuventus” jamoasi himoyachisi Patris Evra rasman Frantsiyaning “Marsel” klubi a’zosiga aylandi. Bu haqda “Marsel” matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonla r18 oylik shartnoma imzoladi. 35 yoshli futbolchiga “MYu”, “Valensiya”, “Kristal Pelas” va “Lion” klublari qiziqish bildirgandi, ammo u o‘z vatanida to‘p surishni afzal topdi.
Patris Evraning yorqin faoliyati 2006 yildan boshlangan. O‘shanda u “Monako”dan “MYu” safiga kelib qo‘shilgandi. 2014 yilgacha “qizil iblislar”ni himoya qilgan Evra 2014 yilda Turinga ko‘chib o‘tdi.
Fikrlar